Shprits

Bir marotaba foydalanish uchun mo‘ljallangan sterillangan shprits mahsulotlari eng yuqori sifatli xom ashyolar va zanglamas po‘lat ignadan tayyorlanadi. Birinchi bosqichda polipropilen granulalaridan  yarim tayyor mahsulotlar quyib olinadi. Keyingi bosqichda silindrlarga o`lchov shkalasi bosiladi so‘ngra silindr, porshen, porshen tutqichi, himoya qopqog‘li ignadan butin shprits holiga yig‘iladi va qadoqlanadi, so‘ngi bosqich sterillashdan iborat.
Ular tibbiyotning barcha sohalarida jumladan tomir, mushak, teri osti va boshqa inyeksiyalar uchun qo'llaniladi. Uch komponentli bir marotaba ishlatiladigan shpritslar dori vositalarini sekin va aniq dozalangan miqdorda yuborish uchun kerak bo'lgan sohalarda foydalaniladi.
 
Texnik xususiyatlari:
  • Uch komponentli bir marotaba ishlatiladigan shprits.
  • Uch komponentli shprits: silindr, porshen va porshen tutqichidan iborat.
  • to'plamda olmos bilan o‘tkirlangan uch qirrali igna
  • Igna zanglamas po'latdan yasalgan;
  • O`chishga bardoshli shkalali, shaffof rangli silindr
  • porshen va porshen tutqichi allergik reaksiyaga olib kelmaydigan sintetik materialdan tayyorlangan;
  • shpritsni igna bilan bog‘lash usuli - Luer slip
  • Tarkibida lateks mavjud emas
  • Steril pirogensiz, zaharsiz;
  • Bir marotaba foydalanish uchun;
  • bir donadan qadoqlanadi.

Bir marotaba foydalanadigan shprits 1ml. (Igna 0.40x13) 27Gx1 1/2"

Image
Image
Qadoqdagi miqdori:
1 dona
Blokdagi qadoqlar soni:
100 dona
Tashish qutisidagi qadoqlar soni:
3000 dona
Image
Image

Bir marotaba foydalanadigan shprits 2ml. (igna 0.6x25) 23Gx1"

Image
Image
Qadoqdagi miqdori:
1 dona
Blokdagi qadoqlar soni:
100 dona
Tashish qutisidagi qadoqlar soni:
1800 dona
Image
Image

Bir marotaba foydalanadigan shprits 5ml. (igna 0.6x30) 23Gx1 1/4"

Image
Image
Qadoqdagi miqdori:
1 dona
Blokdagi qadoqlar soni:
100 dona
Tashish qutisidagi qadoqlar soni:
2500 dona
Image
Image

Bir marotaba foydalanadigan shprits 10ml. (igna 0.7x40) 22Gx1 1/2"

Image
Image
Qadoqdagi miqdori:
1 dona
Blokdagi qadoqlar soni:
100 dona
Tashish qutisidagi qadoqlar soni:
1200 dona
Image
Image
  1. Termoplast avtomat bosim ostida quyish dastgohi.
Bir marotaba foydalaniladigan  shpritslarni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xom ashyo polipropilen omborda granula shaklida saqlanadi. Granulalar keyingi Plastifikatsiyalash uchun termoplast avtomat dastgohi bunkeriga joylashtiriladi. Plastifikatsiyalangan material bosim ostida yopiq qoliplarga jo`natiladi. Qoliplar bilan bog'liq suv sovutish tizimi, tegishli elementlarga aylanadigan plastiklashtirilgan materialni sovutadi. Belgilangan sovutish vaqtidan keyin qolip gidravlik ravishda ochiladi va tayyor qismlar chiqariladi. Shpritsning alohida elementlari keyinchalik sovutish va kerakli o'lchamgacha kelishi uchun 24 soat davomida maxsus konteynerlarda saqlanadi.
  1. Ipak trafaretli bosib chiqarish dastgohi.
Sovutilgandan so'ng, silindrlar o`lchov shkalasi bosish uchun dastgohga joylashtiriladi.  Keyin sozlangan temir rolik yordamida ipak trafaret yuzasidan silindrlarga shpritslarni o`lchamiga qarab 1, 2, 5, 10 ml o`lchov shkalalari bosiladi
  1. Shpritsni yig'ish dastgohi
O`lchov shkalalari bosilgan silindr, porshen va porshen tutqichi avtomatik ravishda yig'ish liniyasiga yuklanadi. Ushbu bosqichda, porshen tutqichiga porshen kiygiziladi va silindrga solinadi, so'ngra shpritsga kerakli o'lchamdagi himoya qopqog‘li igna qo'yiladi hamda butun shprits holiga keltiriladi.
  1. Shpritsni qadoqlash dastgohi
Yig'ishdan so'ng, tayyor shpritslar termoformatsiyaga, shuningdek bakteriyalardan to'liq himoyalangan polimer plyonkadan tayyorlangan gaz o'tkazuvchan blisterlarga qadoqlanadi.
Barcha kerakli ma’lumotlarni (ishlab chiqarish sanasi, shprits hajmi, foydalanish muddati va boshqalar) qadoqlash mashinasiga o'rnatiladi.
Qadoqlashga tayyor rulonli plyonkani ochish va qadoqlash jarayoniga o'tkazish bilan boshlanadi, shpritslar avtomatik ravishda uyali idishlarga joylashtiriladi va qadoqlash termoformatsiyasi va germetiztsiya bosqichidan o'tadi, keyin tayyor mahsulot steril xonadan olib chiqiladi. Shundan so'ng, shpritslar 100 ta qadoqlanadi keyin barcha kerakli ma'lumotlar yozilgan tashish qutilarga joylashtiriladi.
  1. EO sterilizatsiya dastgohi
Shpritslar tashish qutilariga joylanib sterilizatsiya kamerasiga yetkaziladi. Sterilizatsiya jarayoni kamerani gaz (Ethylene Oxide) bilan to'ldirish orqali amalga oshiriladi. Sterilizatsiya kamerasi shpritslar bilan to`ldirilgandan so`ng, kameraning eshigi germetik holatda yopiladi. So`ng, bir soat davomida kameraga bug` jo`natiladi, shunda kerakli 60-80% namlik darajasi va 40-50 ° C harorat saqlanadi. Ushbu vaqtdan so'ng, talab qilinadigan namlik va gaz hajmi bug`lantirgich orqali sterilizatsiya kamerasiga kiradi. Kamerani kerakli hajmdagi gaz bilan to'ldirgandan so'ng, kameraga yetkazib beruvchi quvurlar yopiladi va 6 soatlik saqlash jarayoni boshlanadi. Vakuumning qolgan qismi eshikning to'liq yopilishini ta'minlaydi. Saqlash paytida vakuum bosimi biroz ko'tariladi. Ushbu vaqtdan so`ng, vakuum nasos yordamida kamera yana 0,005 MPa vakuum holatiga keltiriladi va gazning asosiy hajmi chiqariladi. Toza havo, filtr orqali kameraga kiradi. Bosim kerakli darajaga yetganda, qolgan gaz kameradan chiqariladi. Ushbu jarayon ikki marta takrorlanadi. Uchinchi bosqichda bosim normallashguncha kameraga toza havo yuboriladi. Sterilizatsiya jarayonidan yakunlanganidan so`ng shpritslar tayyor mahsulot omboriga olib boriladi.