О нас

Salomatlik bilan go‘zal hayot sari
 
Makro Farm Andijon ko‘p tarmog‘li farmatsevtika shirkatining rasmiy saytiga hush kelibsiz!
Markazimiz hamda shirkatimiz faoliyati hamkorlar va mijozlar bilan o‘zaro ishonch, hurmat, yurtimiz aholisiga salomatlik va go‘zallik ulashishga asoslangan.
Bizning saytimizning vazifasi mijozlarga ham, hamkorlarimizga ham shirkatimiz hamda markazimiz faoliyati bilan tanishtirish mavjud va kelajakdagi rejalarimizni yoritib berish, shuningdeksizlaega qulaylik yaratish uchun onlayn xizmatlarni amalga oshirishdan iborat.
Biz faqat yangi imkoniyatlar sari olg‘a intilamiz va erishgan yutuqlarimizda to‘xtab qolmaymiz.
“MakroFarm Andijon” malakali xodimlari xizmatingizga har doim tayyor, sizlarga yordam berishdan har doim xursandmiz.
Biz barcha yurtdoshlarimizga tinchlik-totuvlik, oilaviy xotirjamlik, omad, sog‘lik va go‘zallik tilab qolamiz.
“Makro Farm Andijon” o‘z ishlab chiqarish korxonasida BFQ (biologik faol qo‘shimchalar), marotaba foydalaniladigan steril shprits va bir tibbiy xalat mahsulotlarini yurtimiz aholisiga taqdim etadi hamda xorijiy hamkorlarni hamkorlikka chorlab qolamiz.
9 xil turdagi Biologik faol qo‘shimchalar (BFQ) tabiiy toza dorivor o‘simlik mahsulotlaridan tayyorlanadi, maxsus idishlarga qadoqlanadi.
Bir marotaba foydalaniladigan steril shprits mahsulotlari yuqori sifatli  igna va xom ashyolardan tayyorlanadi.
Bir marotaba qo‘llaniladigan steril tibbiy xalatlar maxsus xona sharoitlarida noto‘qima matodan tikiladi.
“Makro Farm Andijon” MCHJda ishlab chiqarilgan mahsulotlar zamonaviy texnologiyalar asnosida, kuchli nazoratda hamda sanitara-gigienik qoidalariga qattiq rioya qilingan xolda tayyorlanadi. Ishlab chiqarish jarayonini ichki “Sifat nazorat” qilish laboratoriyasi tomonidan zamon talablariga to‘liq javob beruvchi eng so‘ngi rusumdagi uskunalarda, malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.
 
MF dorixonalar tarmog'i - yurtdoshlarimiz salomatligi haqida g‘amxo’rlik qiladigan va aholini dori vositalari hamda salomatlik va go'zallik sohasidagi mahsulotlar bilan ta'minlaydigan, Andijon viloyatidagi eng yirik xususiy dorixonalar tarmog'laridan biri.
MFA Med Tehnika sizlarga stomatologik, jarrohlik, kosmetologiya, laboratoriya, fizioterapevtik, otolaringologik, oftalmologik, reabilitatsiya va reanimatsiya kabi turli xil tibbiy mebellar va tibbiy muassasalar uchun jihozlar taklif qilishi mumkin. Bizlarda yana bemorlarni parvarish qilish uchun nostandart tibbiy asboblar va tibbiy mebellar mavjud.
 
MF dorixonalar tarmog'i va MFA Med Tehnika tomonidan tavsiya etilayotgan keng assortimentdagi hamyonbob mahsulotlar tegishli sifat sertifikatiga ega. Malakali xodimlar  sizlarga xizmat ko'rsatishga, va foydali maslahatlari bilan yordam berishga tayyor.
 
“Makro Farm Andijon” ulgurji dori vositalar sotuvi bilan ham shug‘ullanadi. Bizda 7000 dan ortiq dori darmon vositalarini eng arzon narxlarda sotib olishingiz mumkin. “Makro Farm Andijon” o`z mijozlarining dori vositalarini yetkazib berishni ham yo‘lga qo‘ygan. To`lovlarni siz hohlagan usulda amalga oshirishingiz mumkin.
 
Bizning Med City nomi ostidagi diagnostika va sog‘lomlashtirish markazida sizlar  bir qator malakali shifokorlar, eng zamonaviy uskunalar, fizioterapiya va laboratoriyamizda 200 dan ortiq tahlillarni o‘tkazish hamda og‘ir bemorlar uchun barcha kerakli anjomlar bilan jihozlangan reanimobil xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin. Yana ambulator davolash xizmatidan foydalanuvchilar uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan, alohida sanuzel va yuvinish xonalari, zamonaviy led-televizorlar va ko‘p funksiyali krovatlar bilan jihozlangan palatalarimiz mavjud.
 
 
Bu qanday yuz bergan ?
“Makro Farm Andijon” MCHJ o‘z ish faoliyatini 2014 yil ishni dorixonadan boshlagan. 2015 yilda dorixonalarimiz tarmoq  sifatida kengaygan, keyinchalik 2016 yili ulgurji dori vositalar sotuvi yo‘lga qo‘yildi. 2017 yil biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarish sexi ishga tushirildi.
[FinalTilesGallery id='15']
2018 yil sobiq harbiy qism hududida “Makro Farm Andijon” o‘z ishlab chiqarish korxonasini ochdi va biologik faol qo‘shimchalar sexini korxona hududiga ko‘chirildi hamda u yerda bir marotaba foydalaniladigan steril shprits hamda xalat sexlari o`z ish faoliyatini boshladi.

[FinalTilesGallery id='16']

Hozir kunga kelib korxonada 110 ta ish o‘rni yaratilgan. Ishchilar uchun barcha qulayliklar mavjud.
[FinalTilesGallery id='17']
Kelajakdagi rejalarimiz.
 
Kelajakda mavjud sexlarning kengaytirilishi va 2020 yilning ikkinchi choragida yurak qon-tomir kasalliklarida qo‘llaniladigan tabletka va kapsula ko‘rinishidagi dori vositalari ishlab chiqarish sexini ochilishi hisobiga yana 40 ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.
 
 
Maslahat kerakmi? (+99895) 201-00-00 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling yoki
info@makrofarm.uz E-mail yuboring

Sertifikatlar

Image
Image