Sifat nazorat bo’limi

“Makro Farm Andijon” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarini sifat nazorat qilish uchun, uning xar bir partiyasidan normativ hujjatlarga asosan   namunalar tanlab olinadi. Tanlab olingan namunalarni mikro-biologik, fiziko-mexanik va kimyoviy-tahlil laboratoriyalarida sifatini nazorat qilish amalga oshiriladi. Sifat nazorat laboratoriyasi zamon talablariga to‘liq javob beruvchi eng so‘ngi rusumdagi uskunalarda, malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.
Sifat nazorat laboratoriyasida quyidagi asbob-uskulardan foydalaniladi:
Shprits uchun:
  1. pH o'lchagichi - shpritsning muhitini aniqlaydi.
  2. O'lchash proyektori - shprits ignalarini diametrini, uzunligini, sinish burchagini va o‘tkirligini aniqlaydi.
  3. Universal sinov uskunasi - shprits mahsulotlarini germetiklignini hamda shprits ignasini mustahkamligini aniqlab beradi.
 
Biologik faol qo‘shimchalar uchun:
  1. pH o'lchagichi - biolog faol qo'shimchalarning muhitini aniqlaydi.
  2. Biologik refraktometr - biologik faol qo'shimchalar tarkibidagi shakar miqdorini aniqlaydi.
  3. Kimyoviy tahlil laboratoriyasi asbob uskunalari.
 
Bir marotaba ishlatish uchun mujallangdan shprits hamda xirurglik xalatlari sterilizatsiya jarayonini nazorat qilish maxsus blisterlar orqali amalga oshiriladi.
Blisterlar sterilizatsiya kamerasiga mahsulotlar bilan joylashtiriladi. Sterilizatsiya jarayoni yakulanganidan keyin maxsus blister yashil rangini qizilga o‘zgartiradi. Shuning bilan sterilizatsiya jarayoni muvaffaqiyatli amalga oshirilganini bilish mumkin bo‘ladi.